Sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov 2023-yil kuzida qayta tashkil etilgan Salomatlik va strategik rivojlanish instituti direktori etib tayinlandi.
Asilbek Xudayarov Amrillo Inoyatovning o‘rniga sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Shuningdek, u Prezident administratsiyasining Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimini ham saqlab qoldi.
“Ko‘p go‘sht yeyapmiz”, “kuniga 5600 so‘m topgan odam qashshoq emas”, “2,5 mln so‘m besh kishilik oilani boqishga bemalol yetadi” — bunday shedevrlar tarixda qoldi. Hozir amaldorlar o‘ta ehtiyotkor. Shunga qaramay, 2023-yil ham bir qator iqtiboslar bilan tarixda qoladi. “Gazeta.uz” ular asosida test tayyorladi.
Toshkent shahrida yuqumli kasalliklar ko‘paygani haqidagi xabarlar ortidan SSV rahbari shifoxonalar yuklamasini tezda kamaytirish, “Zangiota-1” shifoxonasida bolalar uchun zaxira o‘rinlar sonini ko‘paytirish, qo‘shimcha transport ajratish, shuningdek, kasalxonaga yotqizishni ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov sentabrda bolalar yod tarkibli “Antistrumin” dorisidan ommaviy zaharlangani haqida gapirib, preparatni berishda doza oshirib yuborilganini tan oldi. Avvalroq uning o‘rinbosari Elmira Bositxonova holat sababi dori emas, O‘RVI bo‘lishi mumkinligini bildirgandi.
Deputat Doniyor G‘aniyev “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudda ota-onalarning dardini ko‘rib yig‘laganini aytdi. Shundan kelib chiqib, u SSV rahbari Amrillo Inoyatovdan “qanday hulosa chiqardinglar, siyosiy javobgarlik bo‘ladimi, bunday qo‘pol xato qayta takrorlanmaydi deb va’da berolasizlarmi?” deya so‘radi. Video.
SSV rahbari Amrillo Inoyatov seshanba kuni jurnalistlar bilan uchrashuvda “Antistrumin” dorisi mavzusiga chuqur kirmaslikni maslahat berdi. “Bu mavzu bilan shug‘ullanayotgan odamlar bor. Nima bo‘lsa ham, o‘zi tekshiradi, o‘zi javobini beradi. Bu mavzuga chuqur kirmanglar”, — dedi vazir.
Namanganda jurnalistlar shifoxonaga yotqizilgan bolalar bilan bog‘liq vaziyatni yoritish bo‘yicha rasmiylar bilan tortishdi. O‘zini SSV rahbari yordamchisi sifatida tanishtirgan shaxs vazirga intervyu berish taqiqlanganini aytdi. “Bolalar kasallanayotgan paytda sukut saqlab bo‘lmaydi”, deb javob berdi jurnalistlar.
Tibbiyot yo‘nalishidagi “superkontrakt” masalasida fikrim ijobiy emas, dedi sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov. Uning so‘zlariga ko‘ra, tibbiyot sohasiga kirishda “superkontrakt”ni butunlay yo‘qotish bo‘yicha hukumatga taklif kiritilgan. Qolaversa, sirtqi ta’limni ochish ham rejalashtirilmayapti.
Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov homilador ayollarga davlat tomonidan dori-darmon uchun yetarli mablag‘ ajratilayotgan bo‘lsa-da, ularga ro‘yxat yozib berilayotganini va tug‘ilishlarning aksariyati kesarcha kesish yo‘li bilan bo‘layotganini tanqid qildi.
SSV rahbari oyligi xarajatlariga yetmayotgan shifokorlarga «bemorga mehr bilan yondashsangiz, o‘zi sizga berib ketadi» mazmunida taklif bildirgandi. Antikorrupsiya agentligi huzuridagi jamoatchilik kengashiga ko‘ra, bu mamlakat siyosatiga zid harakat va tizimga xalqning ishonchi kamayishiga sabab bo‘ladi.
Sog‘liqni saqlash vaziri oyligi kundalik xarajatlariga yetmayotgan shifokorlarga kutilmagan taklif bilan chiqdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bemor mehr bilan davolansa, o‘zi rozi bo‘lib, barakasini berib ketadi. «O‘zini brendini yaratsa, xalqning o‘zi boqadi», — dedi Amrillo Inoyatov.
Dekabr so‘ngida sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tayinlangan Amrillo Inoyatov tizimda 2023 yilni Korrupsiyaga qarshi kurash yili deb e’lon qildi. «Ishonch telefoni sifatida o‘zimning shaxsiy raqamimni ham kiritaman», — dedi u. Vazirlik tizimida 2020 yil ham korrupsiyaga qarshi keskin kurash yili bo‘lgandi.
SSVning yangi rahbari Amrillo Inoyatov dorixonalarga yo‘llagan xatida Quramax 2022 yilda import qilgan barcha dorilarning sotilishini to‘xtatish haqida ko‘rsatma berdi. «Dok-1 Maks» va «Ambronol» preparatlarining ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomalarini bekor qilish to‘g‘risida sudga da’vo arizasi ham kiritilgan.
30 dekabrda lavozimga tayinlangan sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov Yangi yilga o‘tar kechasi poytaxtdagi davolash muassasalariga bordi va shunday dedi: «Shifoxonalardagi muammolarni kabinetda o‘tirib hal qilib bo‘lmaydi». Inoyatovdan oldingi vazir Behzod Musayev ham faoliyatini shunday boshlagandi.
Vazirlar Mahkamasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni o‘zlashtirishda mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan ikki nafar vazir birinchi o‘rinbosari va uch nafar viloyat hokimi o‘rinbosariga intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Amrillo Inoyatov 2021-yilda hamshira, shifokor va o‘qituvchilarning maoshlari bir necha baravar oshirilishini ma’lum qildi. U shuningdek, xorijdagi o‘zbekistonlik mutaxassislarni qaytarishning yagona usuli — yaxshi ish haqi taklif etish ekanini aytdi.
Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Amrillo Inoyatov Xitoy vaksinasi natijalari ijobiy ekani va asoratlari kuzatilmaganini aytdi. “Yakuniy hulosaga kelinganidan keyin hukumat tomonidan to‘liq, ommaviy emlash yo‘lga qo‘yiladi”, — deya ta’kidladi Inoyatov.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting